Asadbek Ismoilov
Ivybek akademiyasi asoschisi, Gonkong fan va texnologiya universiteti talabasi
Asadbek Ismoilov - Gonkong fan va texnologiyalar universiteti (HKUST) iqtisodiyot yo‘nalishi talabasi. Ikki yildan beri o‘zbekistonlik yoshlarni dunyoning eng nufuzli universitetlariga o‘qishga kirishga tayyorlab kelayotgan ivybek akademiyasi asoschisi. Uning uslubi tufayli o‘zbekistonliklar birinchi marta MIT magistraturasiga to‘liq moliyalashtirilgan holda o‘qishga kirishdi. Uning shogirdlari orasida Garvard, Imperial kolleji, Toronto universiteti, Chikago universiteti va London iqtisodiyot maktabi talabalari bor.