O‘zbek ayoli haqidagi stereotiplar: hammadek emas – boringcha bo‘l!

O‘zbek ayollari hayotiga oid eng mashhur stereotiplar – ular bilan qanday kurashish mumkin? Nigina Jabborova jamiyat belgilab bergan qoidalardan ko‘ra kengroq mavzular – o‘zlikni anglash, tanlash huquqi, shaxsiy chegaralar va baxtni boshqalarning mezonlari bilan o‘lchamaslik haqida.

Kurs tili
O‘zbek tilida
Ko‘rish vaqti
36 daq.
Darslar soni
9 ta dars
Qo‘shimcha materiallar
1 material

Obuna · 89 900 so‘m/oy

Obuna bo‘lish

Leksiya · 49 900 so‘m

Leksiyani sotib olish

Kurs haqida

Nima uchun stereotiplar ayol-qizlar hayotiga bolalikdan kirib keladi? Ularning kelajak, ta’lim, kasb, munosabatlarga ta’siri qanday? Aktrisa va bloger Nigina Jabborova o‘z shaxsiy hikoyalari orqali stereotiplarni yengib o‘tish, shaxsiy chegaralarni himoya qilish, munosabatlarda o‘z qadrini saqlash va boshqalarning fikriga qaram bo‘lmaslik haqida so‘zlaydi. Leksiyani tomosha qilish jarayonida sizning hayotingizga qaysi stereotiplar kuchliroq ta’sir qilayotganini anglab yetasiz va ular bilan kurashish usullarini haqida bilib olasiz.

Siz egallaydigan ko‘nikmalar

  • Stereotiplarni tanish va ularning ta’siridan chiqish
  • Ta’lim olish, kasb tanlash, shaxsiy hayotda mustaqil qarorlar qabul qilish
  • Shaxsiy chegaralarni belgilash va ularni himoya qilish
  • Bosim, haqorat va tahdidlarga qarshi kurashish

Kurs dasturi

  1. Intro 01:36 Sotib olgandan keyin ochiladi
  2. Stereotiplar: ayolning hayoti kimga tegishli? 04:30 Sotib olgandan keyin ochiladi
  3. Ertaga birovning uyiga borasan... 03:47 Sotib olgandan keyin ochiladi
  4. O‘qib olim bo‘lasanmi? 04:13 Sotib olgandan keyin ochiladi
  5. Bu ayollarga xos kasb emas! 03:12 Sotib olgandan keyin ochiladi
  6. Internetda faol qiz – tarbiyasiz 04:52 Sotib olgandan keyin ochiladi
  7. Haligacha turmushga chiqmadi – bu yerda bir gap bor! 04:06 Sotib olgandan keyin ochiladi
  8. Sen ayolsan – sabrli bo‘lishing shart 05:20 Sotib olgandan keyin ochiladi
  9. Xiyonat qilishdimi – ayb o‘zingda! 04:55 Sotib olgandan keyin ochiladi

Materiallar

  • Ozbek_ayoli_haqidagi_stereotiplar_sammari.pdf 116.4 KB · PDF

Materiallar mavzular bilan birga shaxsiy kabinetda ochiladi.

Muallif

Kurs muallifi portreti: Nigina Jabborova

Nigina Jabborova

Aktrisa, bloger

Nigina Jabborova – kino va teatr aktrisasi, bloger, teleboshlovchi. “Ilhom” teatrining eng mashhur va iqtidorli aktrisalaridan biri. Ijtimoiy tarmoqlarda million nafardan ortiq obunachiga ega. Ayol-qizlar hayoti, ularga oid stereotiplar va muammolarni yoritib beruvchi ijtimoiy roliklari bilan tanilgan.

Sizda tug‘ilishi mumkin bo‘lgan savollar

Kirish, to‘lov va qurilmalar haqida qisqa javoblar — sotib olishdan oldin odatda so‘raladigan hamma narsa.

Leksiyani qanday qurilmalardan ko‘ra olaman?

Leksiyani o‘zingizga qulay qurilmadan – telefon, planshet, noutbuk yoki TV ekranida tomosha qilishingiz mumkin. Ko‘rishni to‘xtagan joyingizdan davom ettira olasiz. Jarayon akkauntingizda saqlanadi.

Yordam kerakmi?