Futbol murabbiyligi: Ilk qadamdan muvaffaqiyatgacha

Nima uchun mashhur futbolchilar kamdan kam hollarda kuchli murabbiyga aylanadi va maydon ortidagi qarorlar narxi qancha? “Navbahor” FK bosh murabbiyi Timur Kapadze – jamoani boshqarish, g‘alabalar psixologiyasi, yashirin inqirozlar, bolalar maktabidan boshlanib, jahon chempionatiga chiqishgacha bo‘lgan yo‘li haqida.

Kurs tili
O‘zbek tilida
Ko‘rish vaqti
1 soat 14 daq.
Darslar soni
9 ta dars
Qo‘shimcha materiallar
1 material

Obuna · 89 900 so‘m/oy

Obuna bo‘lish

Leksiya · 49 900 so‘m

Leksiyani sotib olish

Kurs haqida

Futbolchi faqat o‘zi uchun javob beradi va o‘yin tugagach, uyga ketadi. Murabbiy esa butun tarkib, klub uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi, 24 soat o‘yin bilan “yashaydi”. Haqiqiy murabbiylik ishi – faqat joylashuv sxemalari emas. Bu doimiy ravishda odamlar bilan ishlash, jiddiy bosimga dosh berish, har qanday nizoni ilk bosqichdayoq bartaraf etish, nima uchun oilaviy muammolari bor birgina futbolchi butun o‘yin natijasini yo‘qqa chiqarishi mumkinligini tushunishdir. O‘zbekiston terma jamoasi afsonasi, o‘smirlar futbolidan murabbiy sifatidagi tarixiy g‘alabalargacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan Timur Kapadze o‘z kasbining sir-asrorlari bilan o‘rtoqlashadi. U litsenziyalar tizimi qanday tuzilgani, o‘yindan ikki kun oldin boshlang‘ich tarkib qanday tanlanishi, nega futbolchi uchun eng og‘ir jazo jarima emasligi, dunyodagi hech bir futbol akademiyasi nimani o‘rgata olmasligi haqida batafsil so‘zlab beradi. Ushbu ma’ruzadan so‘ng siz faqatgina murabbiy bo‘lish haqidagi tushunchalarga emas, yetakchilikning yashirin psixologiyasi, murabbiy xatolarining qiymati, nima uchun g‘alabalar butun jamoaga tegishli bo‘lishi, mag‘lubiyat uchun esa bitta odam javob berishi, professional sportning ichki sirlari haqidagi muhim ma’lumotlarga ega bo‘lasiz.

Siz egallaydigan ko‘nikmalar

  • Murabbiylik faoliyatini nimadan boshlash kerak: litsenziya olish tizimi bosqichlari va o‘yinchidan murabbiylikka o‘tishning o‘ziga xos jihatlari.
  • Boshlang‘ich tarkib qanday shakllantiriladi: rotatsiyalar, jarohatlar ehtimoli, raqibni tahlil qilish va murabbiy intuitsiyasi o‘rni.
  • Jamoani boshqarish psixologiyasi: individual yondashuv izlash, legionerlarni moslashtirish va nima uchun murabbiyning e’tibor qilmay qo‘yishi har qanday jarimadan qo‘rqinchli ekani.
  • O‘yin kuni va stress: jadval qanday tuzilgan, kiyinish xonasida nimalar haqida gaplashiladi va maydonga tushishdan oldingi hayajonni qanday jilovlash kerak. Kasb mohiyati: 24/7 rejimidagi faollik, video yozuvlar bo‘yicha o‘yin tahlili, sport va oila o‘rtasidagi muvozanat.

Kurs dasturi

  1. Kapadze yo‘li 07:31 Sotib olgandan keyin ochiladi
  2. O‘yinchi va murabbiy 08:28 Sotib olgandan keyin ochiladi
  3. Litsenziya: qanday qilib murabbiy bo‘lish mumkin? 08:36 Sotib olgandan keyin ochiladi
  4. Murabbiy kimdan o‘rganadi? 09:30 Sotib olgandan keyin ochiladi
  5. Matchga tayyorgarlik va o‘yin kuni 08:44 Sotib olgandan keyin ochiladi
  6. Tarkib qanday tanlanadi? 08:32 Sotib olgandan keyin ochiladi
  7. Murabbiy va jamoa: o‘zaro munosabat 07:06 Sotib olgandan keyin ochiladi
  8. Intizom va jazo 07:45 Sotib olgandan keyin ochiladi
  9. Kasbning bahosi va u kimga mos keladi? 08:12 Sotib olgandan keyin ochiladi

Materiallar

  • Futbol_murabbiyligi_sammari.pdf 112.4 KB · PDF

Materiallar mavzular bilan birga shaxsiy kabinetda ochiladi.

Muallif

Kurs muallifi portreti: Timur Kapadze

Timur Kapadze

“Navbahor” FK bosh murabbiyi, o‘zbek futboli afsonasi

Timur Kapadze – o‘zbek futboli afsonasi va yangi avlodning eng muvaffaqiyatli mahalliy murabbiylaridan biri. 12 karra O‘zbekiston chempioni (“Neftchi”, “Paxtakor”, “Bunyodkor”, “Lokomotiv”), Qozog‘iston chempioni (“Aqto‘be”). Milliy terma jamoaning sobiq rekordchisi (119 ta o‘yin). Tarixda ilk bor O‘zbekiston olimpiya terma jamoasini (U-23) Olimpiya o‘yinlariga (Parij-2024) olib chiqqan. O‘zbekiston milliy terma jamoasini 2026-yilgi jahon chempionati final bosqichiga olib chiqqan. “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” va “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni sohibi. “Navbahor” futbol klubi bosh murabbiyi (Namangan).

Sizda tug‘ilishi mumkin bo‘lgan savollar

Kirish, to‘lov va qurilmalar haqida qisqa javoblar — sotib olishdan oldin odatda so‘raladigan hamma narsa.

Leksiyani qanday qurilmalardan ko‘ra olaman?

Leksiyani o‘zingizga qulay qurilmadan – telefon, planshet, noutbuk yoki TV ekranida tomosha qilishingiz mumkin. Ko‘rishni to‘xtagan joyingizdan davom ettira olasiz. Jarayon akkauntingizda saqlanadi.

Yordam kerakmi?